Farg‘onada qalbaki pul o‘tkazgan shaxs aniqlandi

Jamiyat

image

"O‘zbekiston so‘mini qalbakilashtirish qonunga muvofiq ta’qib qilinadi" Bu so‘zlar milliy pul birligimiz bo‘lgan so‘mning har bir kupyurasida aks etgan. Biroq so‘mni qalbakilashtirish orqali qonunni buzadiganlar oramizda bor ekan. Bunday holat Farg‘onada kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, Farg‘ona shahri, Mehribonlik mahallasida yashovchi fuqaro Mansur V. (1998 y.t., ishsiz) "Epson Stylus Photo PX600" rusumli rangli printer yordamida 50000 so‘m kupyuradagi jami 2.million 150 ming so‘m qiymatdagi qalbaki pullar tayyorlab, ularni o‘tkazgani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 11 oktyabr kuni Mansur V.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma’lumotda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'onada pulni qalbakilashtirishdi

Baholaganlar

84

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar