Rasman: O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar ham is gazidan o‘layotgani tasdiqlandi
3-sahifa
−
18 yanvar 2022
12505Avvalroq, Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 14 yanvar kuni soat 13:00 larda shaharning “Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki kishi hamda shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga olib borilgan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramasdan, ular shifoxonada vafot etgan. Vafot etganlarning 2 nafari harbiy xizmatchi bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Farg‘ona shahrida uch kishi (2 nafari harbiy xizmatchi) is gazidan zaharlanishi oqibatida halok bo‘lganligi holati yuzasidan Farg‘ona harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi