Farg‘onada Iphone 13 larni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
29 mart 2022
5951Farg‘onada qiymati 603 mln so‘mlik jami 43 dona Iphone 13 ni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 28 mart kuni viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari E.D. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilni to‘xtatgan. So‘ng ushbu mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro A.N.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, yuklar orasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 603 mln so‘mlik jami 43 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi