Farg‘onada ikki nafar talaba o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
29 aprel 2022
24706Farg‘onada Koreya xalqaro universitetining (KIUF) ikki nafar talabasi o‘zini osib, o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikki talaba (yigit va qiz) Farg‘ona shahrida joylashgan MFY hududidagi fermer xo‘jaligi yer maydonidagi tut daraxtiga arqondan sirtmoq yasab, o‘z jonlariga qasd qilgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida har ikki talaba o‘limiga “bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya” sabab bo‘lgani qayd etilgan. Holat yuzasidan bir emas, ikki bor tergovga qadar tekishirish o‘tkazilgan.
Dastlab, Farg‘ona shahar prokuraturasi katta tergovchisi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qaror Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshirish o‘tkazish va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuklatilgan.
Qayta tekshirish jarayonida holat batafsil o‘rganilgan, shuningdek hodisa sodir bo‘lgan vaqtga qadar davrni xronologik tezkor yo‘llar bilan tiklash maqsadida marhum va marhumaning harakat yo‘nalishlarini aniqlash uchun jamoat joylardagi videokuzatuv kameralari birma-bir o‘rganilgan.
Unga ko‘ra, talabalar jinoyat qurboni bo‘lganiga oid vajlar hamda biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmagan.
Ikkinchi bor o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish natijalariga ko‘ra qabul qilingan (jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror) yana bir bor viloyat prokuraturasida o‘rganilgan va uni bekor qilish uchun asoslar topilmagan.
LiveBarchasi