Farg‘onada IIB xodimlari ushlab ketgan fuqaro vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Quvasoy shahar Lashkar qishlog‘ida Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori bir fuqaroni urib jarohat yetkazganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi izoh berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 19:00 larda Quvasoy shahar “Yuqori Mo‘yan” MFY hududida 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro X.T. jamoat tartibini buzuvchi harakatlar sodir etgan. 

Shu sababli, u Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtda uning sog‘lig‘i yomonlashib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan. 

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, X.T.ning o‘limiga “Yurakning ishemik kasalligi, yurak toj kon tomirlarini o‘tkir yetishmovchiligi, o‘ng tomonlama pnevmoniya, surunkali plevrit, oshqozon osti beziga qon quyilishi, alkogoldan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 

Tekshiruv jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing