Farg‘onada fuqaro snaryad topib oldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida fuqaro eski snaryad topib oldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni soat taxminan 12:00 larda Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani IIB bo‘limiga tushgan xabarga ko‘ra, mazkur hududda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro B.H. axlat yig‘ish joyidan zanglagan temir bo‘lagini topib olib, o‘z xonadoniga olib kelgan. Xonadoniga kelib temir bo‘lagini ko‘zdan kechirganda ushbu jism portlovchi snaryad ekanligini bilib qolgan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB sapyor bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

997

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing