Farg‘onada firibgarlar tilla o‘rnida mis taqinchoqlarni pullashdi

3-sahifa

image

Qo‘qon shahrida 23 avgust kuni noma’lum ayollar savdo majmuasiga kirish darvozasi oldida misdan  tayyorlangan ayollar zanjirini tilla sifatida 8.000.000 so‘m evaziga sotishga uringan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Holat yuzasidan joriy yilning 4 sentyabr kuni A.Yo. ismli ayol IIBga murojaat qilgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB  huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Amalga oshirilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir yetgan ayollar aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing