Farg‘onada dorilarni qalbakilashtirayotgan yashirin sex aniqlandi
3-sahifa
−
21 Sentabr
3391Farg‘onada 625 mln so‘mlik dorilarni qalbakilashtirayotgan yashirin sex aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarining yozuvi, qadog‘i va yorliqlari o‘zgartirilib, ampulalarni esa bo‘yash orqali dorixonalardagi qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar nomiga o‘zgartirilgan.
“Ekspertiza dori vositalari qalbakilashtirilgani, ularning muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani va saqlash sharoitlariga amal qilinmaganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Tezkor tadbirlar davomida yashirin sexda aniqlangan dorilarning umumiy qiymati 89 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, ularni qalbakilashtirish orqali savdoga chiqarib, 625 mln so‘mgacha sotilishi mumkin bo‘lgan.
Ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 828 mln so‘mlik noqonuniy dori saqlagan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi