Farg‘onada Damas haydovchilari va taksichilar mushtlashib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘onada Damas haydovchilari va taksichilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani aks etgan videolavha yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari o‘tkazishga kirishilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

Jinoyat ishi doirasida fuqaro I.Sh. protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
   
Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.   

Mazkur holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing