Farg‘onada Cobalt kanalga tushib ketdi. Uch kishi halok bo‘lgan

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani Katta Boltako‘l qishlog‘i kanali bo‘yi ko‘chasidan o‘tgan ichki xo‘jalik yo‘lida tungi soat 23:15 larda YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida mazkur hududdan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanali chekkasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, kanal ichiga tushib ketgan.  

Hodisa sodir bo‘lgan yo‘l holati yaxshi bo‘lgani, chuqurlar yo‘qligi va belgilar joyida ekani, faqatgina yo‘l yoritilmaganligi ma’lum qilindi. 

Avtomobil ichida bo‘lgan haydovchi hamda uning yonida bo‘lgan yo‘lovchilar nafas yo‘liga suv kirishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing