Farg‘onada Cobalt qasddan chegarachini urib ketdi

3-sahifa

image

Farg‘ona tumani Toshtepa ko‘chasidagi chegara qo‘riqlash postida haydovchi Cobalt rusumli avtomobilda harbiy xizmatchini urib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Aniqlanishicha, I.M. Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib borib, Toshtepa ko‘chasida joylashgan harbiy qismga qarashli chegara qo‘riqlash postiga yaqinlashgan vaqtida, ushbu chegara postida xizmat olib borayotgan muddatli xarbiy xizmatchi D.O‘.ning to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan, o‘tib ketgan. So‘ngra D.O‘roqov darhol ratsiya aloqa vositasi orqali o‘zidan 200 metr uzoqlikda xizmat vazifasini olib borayotgan harbiy xizmatchi oddiy askar A.T.gaCobalt avtomashinasi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan chegara postini buzib o‘tganligi haqida xabar bergan.

Oddiy askar A.T. esa ushbu transport vositasini to‘xtatish uchun unga to‘xtash ishorasini bergan. Haydovchi I.M. chegara postida o‘z xizmat vazifasini bajaryotgan hokimiyat vakili hisoblangan harbiy xizmatchi A.T.ning qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish maqsadida, unga qarab harakatlanib borib, mashinaning old qismi bilan uni qasddan urib yuborib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Oddiy askar A.T. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

672

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing