Farg‘onada bir necha fuqarolar yo‘l yoqasida janjallashdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanida bir nechta fuqarolarning yo‘l yoqasida janjallashayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Kecha, 30 yanvar kuni fuqarolar – B.M.,  J.T., J.X. hamda D.A. birgalikda  ko‘chada ketayotgan fuqaro Sh.S.ni to‘xtatishib,  o‘zaro kelishmovchilik ortidan uni pichoq bilan qo‘rqitib do‘pposlashgan.

Hozirda holat ishtirokchilarining shaxsiga oydinlik kiritilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” hamda “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan. 

“Ushbu shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida “Farg‘ona suv ta’minoti” xodimiga tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing