Farg‘onada bemorning o‘g‘li va nabirasi “tez yordam” xodimini kaltakladi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida tibbiyot xodimini kaltaklagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni soat 04:00 larda yuz bergan. Rishton tumani “Oqtomir” MFYda yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, otasi 1942 yilda tug‘ilgan T.G‘.ning sog‘ligi yomonlashganini ma’lum qilgan. 

Tez tibbiy yordam xodimlari T.T.ning yashash xonadoniga borib, bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, uning qon bosimi ko‘tarilgani sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketayotgan vaqtida bemor T.G‘. vafot etgan.

Otasining vafot etganidan g‘azablangan T.T. va uning o‘g‘li G‘.X. tez yordam xodimi B.Z.ni urib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing