Farg‘onada ayol o‘zini mashinadan tashlab, vafot etdi
3-sahifa
−
04 noyabr 2022
19205Joriy yilning 2 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 34 yashar ayol vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqatilgandi. Biroq bu ma’lumotlar asossiz bo‘lib chiqdi. Ayol o‘ldirilmagan, aksincha, u o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura voiziga ko‘ra, joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 19:00 larda Buvayda tumani, “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan 1988 yilda tug‘ilgan G.D. o‘zini avtomashinadan tashlab yuborgan.
U turmush o‘rtog‘i Z.D. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinada ketayotib, mahalla hududida turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, o‘zini mashinadan tashlab yuborgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokurori boshchiligida tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan, qon dog‘i namunalari tekshirib ko‘rish uchun olingan. Shuningdek, hodisa joyini tekshirish davomida chizmasi chizilgan, Z.D.ga tegishli Damas avtomashinasidan qoldirilgan 2,80 metr tormoz izi aniqlangan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, G.D.da bosh miya ochiq jarohati, boshning ensa sohasida ezilib yirtilgan yarasi, boshning ensa, ikkala chakka asos suyaklari sinishi, bosh miya tur pardalari ostiga qon quyilishlari, bosh miya moddasi shishi, chap peshona sohasida qontalashi, ikkala tizza oldi yuzalarida shilinmalari, chap soni qontalashlar aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi