Farg‘onada ayol kundoshining qizini kanalga tashlab yubordi. 9-sinf o‘quvchisi qizni qutqarib qoldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-maktabning 9-“D” sinf o‘quvchisi Shuhratjon Yangiev voyaga yetmagan qizni kanaldan qutqarib, uning hayoti saqlab qolinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumanida ayol rashk tufayli, o‘ch olish maqsadida oldindan rejalashtirib, o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan M.J.ning 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni aldab, Maslahat qishlog‘i hududidan o‘tgan “Oyimtarra” kanali yaqiniga olib kelib, uni qasddan o‘ldirish niyatida noma’lum jism bilan boshiga urib, kanalga tashlab yuboradi. 

“Jasoratli o‘quvchi Shuhratjon Yangiyevning mardona harakatlari munosib rag‘batlantirish maqsadida Farg‘ona viloyat prokurori va viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilinib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi”, deyiladi xabarda.

Mudhish voqeaga guvoh bo‘lgan maktab o‘quvchisi qizning hayotini saqlab qoladi.

Ayni damda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

401

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing