Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan ota tungi klubdan topildi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida aliment to‘lamay, yashirinib yurgan erkak tungi klubdan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, fuqaro A.S. turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida qolgan 1 nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun bir yildan beri aliment to‘lamay, sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatdan qochib yurgan.

Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari bilan olib borilgan tungi tadbir davomida qarzdor ota “Majnuntol” tungi klubidan topilgan.

“Unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishi yuzasidan sudga hujjatlar yuborish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 10 yil davomida farzandiga aliment to‘lashdan qochib yurgan ota qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona aliment ota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing