Farg‘onada 8 ming dollarga yer olib bermoqchi bo‘lgan sobiq kadastr xodimi ushlandi
Jamiyat
−
12 fevral 2021 3063 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 8 000 ming AQSH dollari evaziga 8 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yermulkkadastr” DK Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B. ning ishonchiga kirib, unga tuman kadastr bo‘limida ishlashini aytgan.
Yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar yer maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro V.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr