Farg‘onada 6,1 mlrd so‘mlik gaz o‘marildi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida joylashgan MCHJlardan biri 6,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona shahrida joylashgan  MCHJga qarashli ko‘p qavatli uy loyiha hujjatlarisiz tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan. 

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 107 million so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda so‘nggi bir oyda 79 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Farg'ona noqonuniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing