Farg‘onada 3-sinf o‘quvchilari Gentra'ni yoqib yubordi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarida yosh bolalar Gentra rusumli avtomobil old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan videoxabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

2022 yilning 21 dekabr kuni Qo‘qon shahar 33-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchilari – voyaga yetmagan M.U., A.U. hamda A.B. savdo do‘koni oldida gugurt cho‘pini yoqib, shu yerda turgan Gentra avtomashinasining old qismiga qistirib ketgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in chiqib, moddiy zarar yetkazilgan. 

Shunday bo‘lsa-da, avtomashina egasi fuqaro D.S. ichki ishlar organlariga bu haqida murojaat qilmagan.

Mazkur holat Qo‘qon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, avtomashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing