Farg‘onada 3 kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi axborot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatning Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etgan. Kuyov 23 yosh ekani, kelin esa 17 yoshdaligi aytilmoqda. Ularning to‘yi uch kun oldin bo‘lgan.

Mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud bo‘lgan isitish moslamasi nostandart holatda o‘rnatilgani haqida xulosa berilgan.

“Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi prokuratura xabarida.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing