Farg‘onada 19 yoshli yigit o‘zini mazax qilgan ikki mast erkakni pichoqladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona shaahrida 19 yoshli yigit o‘zini mazax qilib, spirtli ichimlik olib berishga majburlagan 44 va 48 yoshli mast erkakni pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 aprel kuni soat 16:20 larda 19 yoshli A.O. Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasida yashovchi tanishining oldiga kelgan vaqtida, uning yo‘lini mast holatda bo‘lgan 48 yoshli S.A. va 44 yoshli N.T. to‘sganliklari uchun yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ularga jarohat yetkazgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, S.A. va N.T. A.O.ning yo‘lini to‘sib, uni qurilishi yakunlanmagan binoga olib kirganlar hamda spirtli ichimlik olib kelishga majbur qilib, haqoratli so‘zlar bilan mazax qilganliklari tufayli, ushbu jinoyat sodir bo‘lgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing