Farg‘onada 19 yoshli yigit 68 yashar otaxonning hayotiga nuqta qo‘ydi
3-sahifa
−
03 Sentabr 2020
10737Farg‘ona viloyatida 2001 yilda tug‘ilgan ekskavator haydovchisi 68 yoshli piyodani urib yubordi va yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
YTH bugun, 3 sentyabr kuni soat 11:05 larda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan A.J. HYUNDAI rusumli ekskavatorni “Marg‘ilon-Soybo‘yi-Mingbuloq” yo‘lida boshqarib kelayotgan bo‘lgan. U yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan 1952 yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan. Natijada, 68 yoshli piyoda X.S. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan J.Kning 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi