Farg‘onada 19 yashar “Islom davlati” terroristik tashkiloti tarafdori ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada "Islom davlati" terroristik tashkiloti tarafdori qo‘lga olindi. U yaqin aloqalaridan iborat yashirin "jamoat" tuzib, ular orasida "Islom davlati" terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘onada yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan U.M. ijtimoiy tarmoq orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyadagi "Islom davlati" xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qo‘shilish maqsadida 2021 yilning aprel oyida Turkiya davlatiga borgan.

Lekin, u yerdan Suriyaga o‘ta olmagach, 2021 yilning sentyabr oyida O‘zbekistonga qaytib kelgan va Qo‘qon shahrida yashovchi yaqin aloqalaridan iborat yashirin "jamoat" tuzib, ular orasida "Islom davlati" terroristik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs telefoni orqali ijtimoiy tarmoqlardagi aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan audio va video materiallarni tomosha qilib, ularning ta’sirida "jamoat" a’zolari orasida "jihod" hamda "shahid"likka chorlovchi audiosuhbatlar olib borgan.

“U.M.ning telefoni xotirasidagi ma’lumotlar o‘zining mohiyati va mazmuni, ularda ilgari surilgan g‘oyalar jihatidan mamlakatda jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallar sirasiga kirib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.

Hozirda “U.M.” va uning aloqalariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

968

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing