Farg‘onada hokimlik xodimi $22 000 bilan ushlandi 

3-sahifa

image

Farg‘onada 22 ming AQSH dollariga 3 sotix yer maydonini sotib yuborgan hokimlik mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rishton tumani hokimligi mutaxassisi tuman markazidagi 3 sotix bo‘sh yer maydonini mansabdor tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish va u yerda savdo do‘koni qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 22 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, Farg‘ona tumani hududidan intensiv uzumchilik yo‘nalishida foydalanish uchun ijara asosida berilgan 1 gektar yer maydonini 15 ming AQSH dollariga sotishga uringan fermer xo‘jaligi rahbari ham qo‘lga olingan. 

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida qayd etilgan holatda esa g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi rahbari xaridorga mazkur xo‘jalikning 20 gektar yer maydonini 230 million so‘mga sotishga kelishib, oldindan 100 million so‘m olgani aniqlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

671

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing