Farg‘ona viloyatida firibgar treyder qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Pullaringizni oz fursat ichida ko‘paytirib beraman, deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyderlar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi 27 yoshli T.U. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1 350 000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi I.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan I.B. arizachi T.U. bilan Telegram messenjeri orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 1 350 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini  o‘tkazib olishga erishib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan I.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun  bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

IIV Farg'ona TQD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing