Farg‘ona viloyati IIB tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining ikki mintaqaviy hudud vakili tayinlandi. 

Podpolkovnik Elyor G‘aniyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Elyor G‘aniyev Quvasoy shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Muzaffar Xoldorov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Muzaffar Xoldarov Qo‘qon shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made