Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Xurshidjon Rustamovich Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U 1979 yil 6 iyun kuni Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – mintaqashunoslik.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” Farg‘ona viloyat bo‘limi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Marg‘ilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ahmedov 2020 yil 24 oktyabrdan buyon hozirga qadar Farg‘ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing