Farg‘ona shahar “to‘rtligi” ishdan olindi

Jamiyat

image

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida kutilmaganda Farg‘ona shahar “Shodiyona” mahallasiga borgan. Aholi bilan muloqot qilib, yashash tarzi bilan tanishgan, muammolarini so‘ragan. Sektor rahbarlarining faoliyatidan umuman qoniqmagan

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar va soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olingan.

Farg‘ona shahriga 2018 yildan buyon Hamid Ismoilovich Habibidinov hokimlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda uch tuman hokimi ishdan olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

842

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing