Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchilarini tashuvchi avtobus yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi neftni qayta ishlash zavodi yaqinida tashkilotga tegishli bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 23:08 da shaharning Sanoat ko‘chasi 240-uyda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning 1-kirish yo‘lagi yaqinidagi katta yo‘lda sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, yong‘in zavodga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtobusning motor va salon qismida kuzatilgan.

Yong‘in-qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borgan va 23:12 da atrofni o‘rab olgan. Falokat 23:16 da bartaraf etilgan. 

Ayni vaqtda yong‘in yetkazgan zarar aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va kuyganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing