Farg‘ona, Xorazm va Sirdaryoda noqonuniy yer sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik jinoyatlari fosh etildi.

Xususan, Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro V.X. Beshariq tumanidagi “V.O.” fermer xo‘jaligiga qarashli 20,5 gektar yer maydonini fuqaro M.ning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 18 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B. va A.T. oldindan til biriktirib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaroga “A.” fermer xo‘jaligining 20 gektar yer maydonini 19 000 AQSH dollariga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G‘.X. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro R.ga Boyovut tumanidagi “M.” fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydonini 14 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Urganch shahar bo‘limi hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.K. boshqa bir fuqaroning Urganch shahridagi 2,1 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 6 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing