Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi qabristonda o‘zini osib qo‘ydi 

3-sahifa

image

Kecha, 17 noyabr kuni soat 16:00 atrofida Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi R.B. qabristonda o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea viloyatning Shahrixon tumanida joylashgan qabristonda sodir bo‘lgan. Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi R.B qabristonda bo‘yin sohasidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

B. R. ning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxassisi ishtirokida ko‘zdan kechirish davomida tan jarohatlari aniqlanmagan. Uning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida B. R. Farg‘ona davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelganligi, “1xbet” bukmekerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynab kelganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, u joriy yilning 16 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida yashovchi X. ismli shaxsdan mazkur qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57 million so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olganligi va “1xbet” o‘yinlarida mazkur pullarni yutqazib qo‘yganligi ma’lum bo‘lgan. 

Xabarga ko‘ra, B. R. mazkur pullarni oradan ikki kun o‘tib, ya’ni 18 noyabr kuni qaytarib berishni va’da qilgan. Aniqrog‘i, u pullarni uyidan olib kelib berishini aytgan. Biroq, o‘sha kuni u qabristondan o‘lik holda topilgan. B. R. o‘zini osishdan oldin oila a’zolariga uni qayerdan topishlari haqida sms-xabarnoma qoldirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1343

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing