Farer orollarida maydan beri 500 dan ortiq delfin o‘ldirildi

Olam

image

Shimoliy Atlantikadagi Daniya avtonom hududi va Farer orollarida joriy yilning may oyida boshlangan ov mavsumida 500 dan ortiq delfin o‘ldirildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu ov mavsumi har yili o‘tkazib kelinadigan “grindadrap” (maydalash) deb nomlanuvchi farer an’analaridan biri hisoblanadi.

Mahalliy aholi maxsus ov qayiqlari orqali ochiq dengizdagi delfinlarni har tomondan o‘rab oladi va sohildagi sayozliklar tomon haydab keladi. Qirg‘oqdagi ovchilarning qolgan qismi esa pichoq va nayzasimon uskunalar bilan ularni o‘ldiradi.

“Kecha ikkita ov bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan birida 266 ta, ikkinchisida esa 180 ta delfin tutilgan”, deydi Farer orollari hukumati vakili.

Bu mavsum turli ekologik tashkilotlar, hayvonlar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va ayrim hukumat amaldorlari tomonidan qattiq qoralanishiga qaramay, mahalliy aholi buni asrlar davomida xalqni boqib kelgan an’ana sifatida ko‘radi.

2022 yilgi mavsumda hukumat Atlantika oq qirrali delfinlarini ovlash sonini yiliga 500 tagacha cheklab qo‘ydi. Bu esa mahalliy aholi o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing