O‘zbekiston bioxavfsizlik bo‘yicha xalqaro bayonnoma ishtirokchisiga aylandi
Jamiyat
−
23 yanvar 2020
4488Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiyaga Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxena bayonnomasi kuchga kirdi. Bayonnoma 2000 yil 29 yanvarda Monreal shahrida qabul qilingan.
Kartaxena bayonnomasi 1992 yilgi Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini to‘ldiradi. O‘zbekiston mazkur konvensiyaga 1995 yil 17 oktyabrda qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomada ishtirok etishi GMO-mahsulotlardan foydalanish va ularni tashishga aloqador amaliy jarayonlarni takomillashtirish hamda zamonaviy biotexnologiya mahsulotlarini ishlatish natijasida aholi va atrof-muhit uchun potensial tahdidlarning oldini olish imkonini beradi.
LiveBarchasi