Falastinda yettinchi marta favqulodda holat rejimi uzaytirildi

Olam

image

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos koronavirus infeksiyalari sonining ko‘payishi sababli Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azoda favqulodda holat holatni bir oyga uzaytirilishini e’lon qildi. Bu haqda WAFA agentligi xabar bermoqda.

"Prezident Abbos Falastinning barcha hududlarida favqulodda holatni 3 noyabrdan 30 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni ma’qulladi", deyiladi agentlik bayonotida.

Mamlakatda infeksiyaga chalinish ilk bor qayd etilgan 5 martdan beri Falastin rahbari bu qarorni yettinchi marta qabul qildi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vaziri Mey Kayli bir kunda 633 falastinlikka koronavirus tashxisi qo‘yilgani, yana sakkiz nafari shifoxonalarda vafot etgani haqida xabar bergan edi. Infeksiyani yuqtirganlarning ko‘pi G‘azoda qayd etilgan – 299 kishi, Nablusda – 118, Ramallahda – 52 kishi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Falastinda

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar