Falastin elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi
Jamiyat
−
09 fevral 2022
3221
Bugun, 9 fevral kuni Falastin elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxani O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 9 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Falastinning Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxanini mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qilgan.
"Uchrashuvda elchining faoliyati davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi", deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tomonlarning o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlangan.
Shuningdek, Muhammad Tarshaxani mamlakatdagi diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi