Faqat O‘zbekistonda o‘sadigan noyob o‘simlik Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi
Jamiyat
−
19 dekabr 2021 12656 1 daqiqa
O‘zbekiston florasining noyob vakili Moluccella Bucharica (Buxoro molusellasi) Ryding relikt va endemik turi Turlarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) Qizil ro‘yxatiga “butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida” (“critically endangered”) maqomi ostida kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu ish Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro‘yxatga kiritilishi bo‘yicha dastlabki natija hisoblanadi.
Buxoro molusellasi dunyo bo‘yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o‘sadi. Yarim asr davomida tur populyatsiyasi 79 foizga qisqarib ketdi. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi.
Olimlarning ta’kidlashicha, tur populyatsiyasining qisqarib ketishida kuchli antropogen ta’sir va ekologiyaning keskin o‘zgarib borayotganligi sabab bo‘lmoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust