Faqat osh bilan ma’rakaga boradigan mahalla raislari kerak emas – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Yangi O‘zbekistonga faqat osh bilan ma’rakaga boradigan mahalla raislari kerak emas. Endi “yaxshi mahalla raisi” deb ta’rif berilganlarning mahallasida qancha ishsiz, qancha kam ta’minlangan oila, qancha nogironligi bor shaxslar yashashishiga qarab, ularning mehnatiga baho beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 fevral kuni poytaxt Toshkentdagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida o‘tkazilgan uchrashuvda gapirgan. 

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Yaponiya hamda qator rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish kerakligini ta’kidlab, mahalla raislari faoliyatini tanqid qildi. 

Prezident har yili Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlari topshirish bo‘yicha qator mahalla raislarining ro‘yxati “yaxshi mahalla raisi” deya e’tirof etilib, unga kiritilishini aytarkan, Toshkent shahar hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayevga yuzlanib, shunday deydi: 

“Mustaqillikka senga yo menga yoqqan odamni emas, xalqqa mehnat qilgan odamni bergin. Lekin unga aytgin: mana bu ishni qilsangiz, bu medal beriladi yoki unvon bo‘ladi. Prezident va’da bergan. Men roziman”. 

U unvonlar haqidagi farmonlarga kiritilayotgan mahalla raislariga shunchaki “yaxshi mahalla raisi” deb ta’rif berilayotganini tanqid qildi. 

“Menga mahalla raisini bu yaxshi deb olib kelishyapti. U qanday yaxshi mahalla raisi bo‘lishi mumkin?! Ichini salgina kavlasak, mahhalasida mingtadan ishsiz bor, nogironlari bor, yerto‘lalarni suv bosib yotibdi, jinoyatchilik, adashganlar to‘lib yotibdi. Oldingi zamon tugadi. Faqat osh bilan ma’rakaga boradigan mahalla raislari kerak emas. Men bo‘lmasam, kim gapiradi. 

Har bir daqiqamiz g‘animat. Birorta boy davlat [soat] 4:00 dan osh tortmaydi ming kilolab. Biz esa musobaqa o‘ynadik: kim 1 000 damlaydi, kim 500 damlaydi, kim 200 damlaydi... Shularni hammasini joy-joyiga qo‘ymasak, ertaga biz aytgan topshiriqlar baribir amalga oshmaydi", deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

680

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing