Facebook Instagram'ga o‘zgarish kiritdi

Texnologiya

image

Instagram'ga egalik qiluvchi Facebook ijtimoiy tarmoqning Direct bo‘limiga Facebook Messenger’ning xususiyatlarini kiritadi. Bu haqda Facebook blogida xabar berilgan.

"Instagram'ning shaxsiy xabarlar bo‘limini yangilamoqchi ekanimizni e’lon qilamiz. Shuningdek, Messenger tarmog‘idagi yangi interfeysni taqdim etamiz", deyilgan xabarda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Messenger va Instagram  funksiyalari birlashtiriladi. Shunda foydalanuvchilar qaysi dasturni ishlatishlaridan qat’i nazar, xabar yuborishning eng yaxshi usullaridan foydalana olishadi.

Ta’kidlanganidek, Instagram'ning Direct bo‘limiga o‘ndan ortiq yangi funksiyalar qo‘shiladi. 

Ma’lumot uchun, Messenger foydalanuvchilari endi Instagram'da Messenger dasturini yuklamagan foydalanuvchilar bilan ham gaplasha olishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing