Facebook AQSHdagi saylovlar tartibsizligiga qarshi choralar tayyorlagan

Olam

image

Joriy yilning noyabr oyida AQSHda o‘tkazilishi kutilayotgan saylovlar natijasida tartibsizlik kelib chiqish ehtimoli borligi uchun, Facebook bir qator choralar tayyorlab qo‘ydi. Shunday vaziyat yuzaga keladigan bo‘lsa, Facebook siyosiy tarkibni cheklashga oid "keskin va istisno choralar" ko‘radi. Bu haqda kompaniyaning siyosat va kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari Nik Klegg ma’lum qildi.

"Agar, haqiqatan ham, vaziyat murakkablashsa, bizda bir nechta favqulodda choralar mavjud", dedi Klegg.

Unga ko‘ra, Facebook siyosiy mojarolar kuchayishiga qarshi kurash konsepsiyasini ishlab chiqqaniga ancha bo‘lgan.

Shunga qaramay, mutaxassis kompaniya rejalarining mazmunini oshkor qilmadi. Uning fikriga ko‘ra, agar mazmun ochiqlansa, hujumchilar bir qator qarshi choralarni ishlab chiqishi mumkin.

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabrda o‘tkaziladi. Oq uy rahbari lavozimi uchun AQSHning sobiq Vitse-prezidenti Jozef Bayden va amaldagi Prezident Donald Tramp raqobatlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing