“Face of Asia” go‘zallik tanlovida O‘zbekiston vakilasi g‘olib bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik Margarita Muhamedjonova Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan nufuzli “Face of Asia” go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi. Bu yilgi tanlov pandemiya sabab onlayn shaklda o‘tkazildi. Saralash uch bosqichdan iborat bo‘lib, finalga uchta ishtirokchi yo‘l oldi. Shulardan biri O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etayotgan Margarita Muxamedjonova bo‘ldi.

 

Margarita hozir 25 yoshda u tashqi ko‘rinish, tillarni bilish, modelchilik sanoatidagi tajribasi va boshqa hujjatlar ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘laqonli mos kelgan. U 15 yoshida  modellik bilan shug‘ullanishni boshlagan. Hozirda “JModels” agentligida model bo‘lib ishlaydi. Margarita turmushga chiqqan, farzandi ham bor.

“Pandemiya sababli tanlov kechiktirildi, keyin umuman onlayn formatga o‘tkazildi. Bir tomondan qiyinroq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, biz O‘zbekiston uchun yangi narsalarni sinab ko‘rdik, chunki tashkillashtirish, suratga olish va tayyorgarlik ishlarining hammasi yelkamizda edi”, “Face of Asia” go‘zallik tanlovining O‘zbekistondagi vakili Jasmin Davletova.

Ma’lumot uchun, “Face of Asia” tanlovi Janubiy Koreyada 16 yildan beri Yangi yil arafasida o‘tkazib kelinmoqda. Unda madaniyat, moda, dizayn va go‘zallik  bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi. Bu yil unda 80 kishi ishtirok etdi. Biroq, faqat eng yaxshi 10 kishi Seulga uchish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Munira Tursunova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

679

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing