Yozda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan 10 ta klub ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi joriy yozda Yevropada transferlar uchun eng ko‘p pul to‘lagan jamoa bo‘lib turibdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi mavsum oralig‘ida yangi futbolchilarni jalb qilish uchun jami 120,5 million yevro sarflashga ulgurgan.

“Bild” talqiniga ko‘ra, ushbu yozda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar bilan tanishing:

1. “Bavariya” – 120,5 million yevro (Matteys de Ligt – 70, Sadio Mane – 32, Rayan Gravenberx – 18,5);

2. “Manchester Siti” – 108,75 million yevro (Erling Xoland – 60, Kelvin Fillips – 48,75);

3. “Barselona” – 103 million yevro (Robert Levandovski – 45, Rafinya Dias – 58);

4. “Arsenal” – 97,06 million yevro (Gabriel Jezus – 52,2, Fabiu Viyeyra – 35, Mett Terner – 6,36, Markinos Oliveyra – 3,5);

5. “Chelsi” – 94,2 million yevro (Raxim Sterling – 56,2, Kalidu Kulibali – 38);

6. “Borussiya Dortmund” – 86 million yevro (Sebastyan Aller – 31, Karim Adeyemi – 30, Niko Shlotterbek – 20, Salix Ozjan – 5);

7. “Liverpul” – 85,8 million yevro (Darvin Nunes – 75, Fabiu Karvalyu – 5,9, Kelvin Remzi – 4,9);

8. “Real” – 80 million yevro (Orelen Tchuameni – 80);

9. PSJ – 79,5 million yevro (Vitinya – 41,5, Nunu Mendesh – 38);

10. “Manchester Yunayted” – 72,37 million yevro (Lisandro Martines – 57,37, Tirell Malasia – 15).

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing