Yoz faslida yuz terisini qanday asrash kerak?
Salomatlik
−
31 may 2021
6962Mavsum o‘zgarishi inson terisiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, issiq mintaqalarda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘p.
Masalan, yozda inson terisi ko‘plab xavflarga duch keladi: issiqlik, suvsizlanish, kuchli ultrabinafsha nurlari. Hozir beriladigan maslahatlar yozda yuz teringizni sog‘lom saqlashga yordam beradi.
1. Avvalo, yozda terining yaxlitligini buzadigan barcha kosmetik protseduralardan voz kechish kerak. Piling, tozalash, oqartirish, ukol qilish — bularning barchasini kuzda qildirish mumkin, chunki yozda ular teriga infeksiya tushirishi yoki quyosh nuridan terini kuydirishi mumkin.
2. Terini namlantirishni unutmaslik kerak! Bunda yengil, tez singuvchi kremlar yordam beradi, masalan, aloe vera mahsulotlari.
3. Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning! Hattoki, ko‘chaga birrovga chiqqanda ham bunday kremlarni ishlatish zarur.
4. Odam bir kunda minimal miqdorda ikki litr suv ichishi kerak. Yozda esa buni uch yoki to‘rt litrgacha oshirish mumkin! Ichimlik suvi terining namlanishiga va issiqlikka qarshi samarali bo‘lishiga yordam beradi.
5. Yozda ratsionga A, C va E vitaminlariga boy oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish kerak. Ular tabiiy antioksidantlar bo‘lib, quyosh nurining zararli ta’siriga qarshi kurashishda yordam beradi. Ushbu mahsulotlarga quyidagilar kiradi: zaytun va kungaboqar yog‘i, tuxum, chernika, sabzi, zaytun, bodom, karam, qora smorodina, har qanday yashil sabzavotlar.
6. Dam oling! Ochiq havoda ko‘proq bo‘ling, kuniga 8 soatdan uxlang, yugurish yoki velosiped haydashni boshlang. Sog‘lom turmush tarziga amal qilish har qanday mavsumda faqat foyda olib kelishini unutmang.
LiveBarchasi