Eyfel minorasi zabt etildi. Parijda dorboz 670 metrlik masofani bosib o‘tdi (video)

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda dorboz Eyfel minorasi va Shayo milliy raqslar teatri o‘rtasida tortilgan 670 metrlik masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda

Qayd etilishicha, dorboz yurib o‘tgan arqonning yerdan balandligi 70 metrni tashkil qilgan. Dorbozning ismi Natan Polan.

Barcha ehtiyot chorasini ko‘rgan Natan Polan 670 metrlik masofani 30 daqiqada bosib o‘tgan. Bu vaqtda Parijda shamol esib turgan, biroq dorbozga bu qiyinchilik tug‘dirmagan. Namoyishni tomosha qilib turgan mehmonlar va parijliklar arqondan o‘tayotgan odamni qarsaklar bilan qo‘llab turgan. 

Ma’lum qilinishicha, dorboz Polan ertaga, 19 sentyabr kuni Eyfel minorasidan Shayo teatriga navbatdagi yurishni amalga oshiradi. U o‘z harakatini Fransiyada o‘tkazilayotgan Yevropa merosi kunlariga bag‘ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilda Polan arqon ustida bir kilometr yurib, jahon rekordini o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing