Ey voh! O‘zbekistonda 8 oyda odamlarni kasbga o‘qitish uchun 76 mlrd sarflandi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2021
14599Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi tomonidan joriy yil yanvar-avgust oylarida kasbga o‘qitish va o‘quv markazlari uchun jami 76 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘ning 48 mlrd so‘mi stipendiya, 21 mlrd so‘mi o‘quv xarajatlari, 7 mlrd so‘mi esa o‘quv markazlarini saqlash uchun sarflangan. Bu haqda vazir Nozim Husanov bugun, 13 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ijtimoiy yo‘naltirilgan nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.
“Bandligi ta’minlagan 42 ming nafar fuqorolarimizdan 15 yarim mingi doimiy ishga joylashgan, 12 mingi esa tadbirkorlikni boshlagan. 14 yarim ming fuqoromiz “o‘z-o‘zini band qilish" tizimi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Albatta, bu yo‘nalishlarni moliyaviy ko‘maksiz qilishning imkoni mavjud emas. Shuning uchun bularga jami 76 mlrd so‘m – 48 mlrd so‘m stipendiya, 21 mlrd so‘m o‘quv xarajatlari va 7 mlrd so‘m o‘quv markazlarini saqlash uchun yo‘naltirildi”, dedi vazir Nozim Husanov o‘z taqdimotida.
Shuningdek, vazir uyda o‘tirgan fuqaroni “kasb-hunarga o‘qitaman” deb olib chiqish juda qiyin ekanini ham alohida ta’kidladi. Bundan tashqari, fuqarolarga stipendiyalar ajratilganiga ham izoh berdi.
“Kasb-hunarga o‘qitishda siyosiy masala nimadan iborat? Juda yaxshi bilasiz, uyda o‘tirgan fuqaroni “kasb-hunarga o‘qitaman” deb olib chiqish juda qiyin. Buni boshimizdan o‘tkazdik. Shuning uchun ham ularga hurmatli Prezidentimiz aytganlaridek, motivatsiya, stimul, manfaat imkoniyatlarni yaratib bersakkina, kasbga qiziqish paydo bo‘ladi.
Fuqarolarga kasb-hunarga o‘qish davrida stipendiyalar ajratiladi. Chunki, ayrim hududlarga borib, ayollar bilan gaplashganimizda, “tumandan yarim soatda, qirq minutda kelaman”, “tushlikka pul kerak” deydi. Bundan tashqari, ularning yo‘lkirasi uchun ham taxminan oyiga o‘rtacha 400 ming so‘m mablag‘ ketadi. Mana shu xarajatlarni qoplash uchun bizda imkoniyat bor”, dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri.
LiveBarchasi