“Everton”ning sobiq hujumchisi 9 oylik maoshining bir qismini G‘azo bolalariga xayriya qildi
Sport
−
24 avgust
1560“Aston-Villa” va “Everton” futbol klublarining sobiq hujumchisi, ayni paytda Uels professional futbol klubi hisoblangan “Kardiff Siti” futbolchisi Anvar El-Gazi o‘zining 9 oy uchun kompensatsiya tarzida to‘langan oyligining bir qismini G‘azodagi bolalarga tuhfa qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Gap shundaki, 2023 yilning 7 oktyabr kuni Isroilning G‘azoga qarshi urushi boshlangan paytda futbolchi falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan. Bu paytda Germaniya chempionatida to‘p surgan futbolchi “Mayns 05” klubi rahbariyatining tanqidiga uchraydi va noyabr oyida klub rahbariyati uni diskvalifikatsiya qilgan. 29 yoshli gollandiyalik futbolchi Instagram’da “Daryodan dengizgacha Falastin ozod bo‘ladi” shiori ostidagi posti uchun ishdan bo‘shatildi.
Mayns mehnat sudi qarori bilan joriy yilning iyul oyida “Mayns 05” futbolchining o‘tgan 9 oylik ish haqini, jami 1,7 million yevro (1,9 million dollar) to‘lashga majbur bo‘ldi.
Yaqinda futbolchi 1 million funt sterlinglik maoshining uchdan bir qismi – 500 ming yevroni G‘azo bolalariga xayriya qilishga va’da berdi.
“Mayns 05” bilan bo‘lgan suddagi kurashim hech qachon pul haqida bo‘lmaganini aniq aytmoqchiman. Men “Mayns”ga 2 ta narsa uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Negaki katta moliyaviy daromad olish orqali uning 500 ming yevro qismini G‘azodagi bolalar uchun loyihalarni moliyalashtirishga sarflamoqchiman.
“Umid qilamanki, “Mayns 05” to‘lovni to‘lamaslik uchun bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishlariga qaramay, men orqali G‘azo bolalarining hayotini saqlab qolgan holga keltirganlarga qarshi kurashda ular ham moliyaviy hissa qo‘shganini bilish menga taskin beradi”, degan futbolchi X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aston-Villa” Koutinoni sotishga tayyorligini xabar qilgandi.
LiveBarchasi