Estoniya rus telekanallarining efirini to‘xtatmoqchi
Olam
−
12 fevral 2020
3607Estoniya Respublikasi ichki ishlar vaziri Mart Xelme Estoniyada Rossiyaning bir qator telekanallarini translyatsiyasini to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda ERR xabar beradi.
Xelme Estoniya parlamentida so‘zlagan nutqida quyidagicha dedi: "Boltiqbo‘yi mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatadigan Rossiya axborot kanallari Estoniyada yopilishi mumkin. Masalan Birinchi boltiqbo‘yi kanali"
So‘nggi yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida antirossiya kayfiyatidagi qarashlar rivojlanib bormoqda. Ushbu mamlakatlarda rus tili va rus axborot tarqatuvchilarini cheklash bo‘yicha harakatlar kuchayib bormoqda.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi