Estoniya Bosh vaziri korrupsiya mojarosi sababli iste’foga chiqdi
Olam
−
13 yanvar 2021
2173Estoniya Bosh vaziri Yuri Ratas korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi. Bu haqda u o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qilgan.
"Siyosatda murakkab vaziyatlarni hal qilish uchun siz juda qiyin tanlov qilishingiz kerak bo‘ladi. Hozirgi vaziyatda o‘z qadriyatlarimdan kelib chiqib, Estoniya Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan iste’fo berishga qaror qildim", deyilgan siyosatchi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, u bunday qarorni Markaz partiyasi kengashi va fraksiyasi hamda hamkasblari bilan maslahatlashganidan so‘ng qabul qilgan.
Ratasning so‘zlariga ko‘ra, unga bir nechta yechimlar taklif qilingan, ammo u ulardan bittasini to‘g‘ri deb bilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Estoniyadagi korrupsiya mojarosi Porto Franco ko‘chmas mulki ishlab chiqaruvchisiga davlat qarzi berilishi bilan bog‘liq.
Yuri Ratas 2016 yil 23 noyabrdan Estoniya Bosh vaziri lavozimini egallab kelgan.
LiveBarchasi