“Eski ToshMi” binosi buziladimi?
Jamiyat
−
04 yanvar 2024
8208Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Eski ToshMi” tibbiyot akademiyasining binosi buzilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Yashnobod tumanida joylashgan “Eski ToshMI” (Tibbiyot 29-son davolash bo‘limi akademiyasi) binosi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan.
Mazkur tibbiyot muassasasi XIX asrda qurilgan bo‘lib, hozirda bino davlat mulki hisoblanadi.
2024 yilning 3 yanvar kuni Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi tomonidan muammo joyiga chiqqan holda o‘rganilganida hech qanday qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmayotganligi aniqlangan. Tibbiyot maskani ma’muriyatiga binoda qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish uchun Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining tegishli ruxsatnomasi asosida va loyiha-smetalarini taqdim etgan holda ish boshlash kerakligi alohida tushuntirilgan.
“Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 23-moddasiga muvofiq “Davlat mulkida turgan moddiy-madaniy meros ob’ektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi” belgilangan.
LiveBarchasi