Eski namunadagi banknotalarni almashtirish muddati uzaytirildi
Jamiyat
−
12 yanvar 2021 7020 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati – 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi.
Fuqarolarning qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlar 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib beriladi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil 1 iyuldan buyon ushbu nominaldagi banknotlar, shuningdek, 50 va 100 so‘mlik tangalar va banknotlar faqat Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinib, muomaladagi pul belgilariga almashtirib berilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025