Eski modeldagi avtomobillarni kimlar ishlab chiqarmoqda?
Texnologiya
−
12 dekabr 2022
17269Lada va Tesla brendlari dunyodagi eng eski modeldagi avtomabillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bo‘ldi. Bu haqda Motor1 tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga asoslanib “iXBT” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadqiqot davomida dunyoning 705 ta avtomobil modellari va 30 ta ishlab chiqaruvchilari o‘rganib chiqilgan. Natija shuni ko‘rsatganki, jahon bozoridagi barcha ishlab chiqaruvchilar o‘z avtomobillarini bir xil tezlikda yangilamaydilar. Shundan so‘ng, tadqiqotchilar avtomobilning o‘rtacha yoshini aniqlash uchun dekabr oyining boshi va avtomobil rasman ommaga e’lon qilingan kun o‘rtasidagi vaqtni hisoblashga qaror qilingan. Bunda feyslift, restayling va har qanday yangilanishlar hisobga olinmagan.
Natijada, o‘tgan hafta taqdim etilgan Chevrolet Montana’ning uchinchi avlodi eng yosh avtomobil deb topilgan bo‘lsa, 1977 yil aprel oyida taqdim etilgan Lada 4x4 (Niva) reytingdagi eng qadimgi avtomobil bo‘lgan. Tesla esa hozirda mavjud bo‘lgan to‘rtta modeli bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun,Tesla Model S birinchi marta 2009 yilning mart oyida, Model X esa 2015 yil sentyabrida taqdim etilgan. Kompaniyaning eng yangi mashinasi Model Y 2019 yilning mart oyida chiqarilgan.
Shuningdek, reytingga Yaponiyaning Isuzu va Xitoyning Xpeng va NIO kompaniyalari ham kiritilgan. Subaru, Honda, Hyundai, Stellantis, Mercedes-Benz, BMW va Aston Martin esa o‘z liniyalarini muntazam yangilab turadigan ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiradi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi